Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Xitoy aviaqatnovlarni keskin ko‘paytiradi

O‘zbekiston va Xitoy aviaqatnovlarni keskin ko‘paytiradi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga yuztaga yetkaziladi.

Pekin shahrida Transport vazirligi delegatsiyasi hamda Xitoy aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra har ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lgan muhim kelishuvning yakuniy matni bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinib, kelishuv bayoni imzolandi, deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu kelishuv bayoni tomonlar o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini haftasiga 100 taga (har ikki mamlakat aviakompaniyalari tomonidan 50 tadan) olib chiqish, parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Xitoy aviakompaniyalari uchun ikki mamlakatning istalgan shaharlariga parvoz etish imkoniyatini yaratish (hozirda parvozlarni amalga oshirish uchun 7 ta shahar belgilangan), shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi 3 ta aviakompaniyalar sonini cheksiz aviakompaniyalarga o‘zgartirishni nazarda tutadi.

Mazkur kelishuv Xitoy Xalq Respublikasi aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ichki kelishuv jarayoni tugatilgandan so‘ng joriy yilning aprel oyida ikki mamlakat aviatsiya hukumatlarining qo‘shimcha uchrashuvi yakunlariga ko‘ra kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring