Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Ukrainaga 43 tonna qovun-tarvuz eksport qildi

O‘zbekiston Ukrainaga 43 tonna qovun-tarvuz eksport qildi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 16,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 39,2 ming tonna

- Rossiya – 15,1 ming tonna

- Qirg‘iz R. – 11,1 ming tonna

- Belarus – 1,1 ming tonna

- Tojikiston – 624 tonna

- Latviya – 448 tonna

- Mongoliya – 157 tonna

- Ukraina – 43 tonna

- Polsha – 19,4 tonna.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring