O‘zbekiston to‘qqiz oyda 68,1 mln. dollarlik shaftoli eksport qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijga qiymati 68,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 76,7 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,3 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p shaftoli eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 64,6 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 6,4 ming tonna
- Qozog‘iston – 4,8 ming tonna
- Turkmaniston – 471 tonna
- Belarus – 261 tonna
2022-yilning 9 oyida xorijga eng ko‘p shaftoli eksport qilgan hududlar:
— Farg‘ona viloyati – 43,6 ming tonna
— Samarqand viloyati – 6,3 ming tonna
— Toshkent viloyati – 6,1 ming tonna
— Xorazm viloyati – 5,7 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter