Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

133,2 millionlik kelishuvlar. O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi natijalari ma’lum qilindi

133,2 millionlik kelishuvlar. O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi natijalari ma’lum qilindi

Foto: «mft.uz»

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi hamda «Tojikistonda ishlab chiqarilgan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmati xabar berishicha, ushbu biznes-forumda ikki davlatning 400dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etdi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, umumiy 133,2 mln dollar miqdorida 58ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi. Ulardan 52tasi — umumiy 89,9 mln dollarga teng eksport shartnomalari, 3 tasi — 3,3 mln dollar hajmida import shartnomalari va qolgan uchtasi — moliyaviy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar (40 mln dollar). Jumladan, neft-gaz, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, qurilish, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoatlari, moliya va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring