O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb $1 mlrd.ga ko‘paydi
Joriy yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,11 milliard dollarga yetdi, bu bir oy oldingi ko‘rsatkichdan 965 million dollarga ko‘pdir.
Valyuta zaxiralari 346,4 million dollarga kamaygan. Hozirda umumiy hajmi 13,19 milliard dollarlik valyuta zaxirasi mavjud. Oltin zaxiralari esa bir oyda, aksincha, 0,3 million troya unsiyasiga oshdi. Uning hajmi 11,8 million unsiyaga yetdi. AQSh dollariga nisbatan qimmatbaho metallar zaxirasi 20,23 dollardan 21,54 milliard dollarga (+ $1,3 mlrd) qimmatladi.
Bu o‘sishga nafaqat qimmatbaho metallar miqdorining o‘sishi, balki uning qiymatining oshishi ham yordam berdi. Iyul oyi oxirida oltinning bir unsiyasi 1828,25 dollar bir oy oldin esa 1757,80 edi.
Maxsus qarz olish huquqlari (SDR) ham O‘zbekiston Respublikasining zaxira aktivlarida hisobga olinadi. Bir oyda SDR hajmi 379,6 dollardan 380,3 million dollarga ko‘tarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter