O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi kamaydi
1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxirasi 34,4 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Ya’ni yil boshiga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 0,7 mlrd. dollarga qisqargan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ayni kunda mamlakat oltin zaxirasi 20,7 mlrd. dollarga, xorijiy valyutadagi jamg‘armamiz esa 12,5 mlrd. dollarga baholanmoqda. Yana 1,1 mlrd dollar xalqaro zaxira aktividir (Xalqaro valyuta jamg‘armasi).
Yalpi xalqaro zaxiralar yil boshidan 2 foizga kamaydi. Mazkur o‘zgarish oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1790,6 dollargacha tushishi (-100,4 mln dollar), banklarining Markaziy bankdagi hisobvaraqlarida qoldiq miqdorining kamayishi (-526 mln dollar) hamda Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan valyuta intervensiyalari bilan izohlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter