O‘zbekiston meva-chevani asosan qaysi davlatlarga sotmoqda?
9 oyda 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Aytilishicha, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 831 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 99,5 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 %), Pokiston (15,1 %), Qozog‘iston (12,2 %) hamda Xitoy (8,4 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter