O‘zbekiston sement ishlab chiqarishni sezilarli miqdorda oshirdi
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 5,7 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.
Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Sement ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,2 foizga oshgan.
O‘zbekistonda 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 1,1 mln tonnadan ortiq sement ishlab chiqarilgani kuzatilgan.
Avvalroq, Statistika agentligi 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter