O‘zbekiston Afg‘oniston orqali dengizga chiqmoqchi
O‘zbekiston Afg‘oniston orqali avtomobil yo‘li qurib, Janubiy Osiyo, xususan, Pokistonning Karachi bandargohiga bormoqchi. U yerda Arab dengiziga chiqish mumkin.
Toshkentdagi «Innoprom» ko‘rgazmasida Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov shu haqda gapirib o‘tgan. Uning fikricha, Janubiy Osiyo orqali boshqa yana ko‘plab davlatlar bozoriga kirib borish mumkin.
«Biz hozir Janubiy Osiyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boradigan yo‘l haqida ishlayapmiz. Masalan, Pokiston bilan tovar aylanmamiz so‘nggi yillarda ikki karra oshdi. Mahsulotlar Afg‘oniston orqali quruq yo‘l bilan olib kelinyapti. Hozir afg‘on yurti orqali Pokistongacha ikki yarim kunda, Karachigacha esa to‘rt-to‘rt yarim kunda bemalol yetib borishimiz mumkin. Bunday imkoniyat oldin yo‘q edi», degan Umurozoqov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter