Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yilda turizm xizmatlari eksporti 3.5 milliard dollarni tashkil qilgan

O‘tgan yilda turizm xizmatlari eksporti 3.5 milliard dollarni tashkil qilgan

Turizm qo‘mitasi tomonidan yurtimizning turizm sohasi tadbirkorlik sub’yektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida «Ochiq muloqot» shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Turizm qo‘mitasi rahbariyati, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, qo‘mita boshqarma/bo‘lim boshliqlari, viloyat hokimliklarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va hududiy turizm boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda 2024 yilda turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalarni hamda 2025 yildagi ustuvor vazifalar, shuningdek, mamlakatimizga xorijiy sayyohlarni jalb etish, sayohat safarlarini tashkil etish jarayonida turoperatorlar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar tinglandi.

Tadbirda yangragan raqamlar haqida:

1. 2024 yil davomida jami turizm va boshqa maqsadlarda 10,2 million nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi.

2. Sayyohlarga ko‘rsatilgan turizm xizmatlari eksporti 3,5 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga o‘sdi.

3. Qo‘shni davlatlardan sayyohlar soni 2023 yilga nisbatan 1,6 barobar, qolgan MDH mamlakatlaridan 23,7 foiz oshgan bo‘lsa, uzoq xorij davlatlaridan 1,5 barobarga ko‘paydi.

4. «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida hududlar bo‘ylab aholining 22,7 million nafar tashriflari amalga oshirildi.

5. Ijtimoiy ko‘mak sifatida 18,1 ming nafarga yaqin imkoniyati cheklangan shaxslar va 6,3 million nafar yoshlar sayohatlari tashkil etildi.

6. Turizm va unga yondosh sohalar yo‘nalishida 51,0 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

7. Hududlarda 124 ta yangi mehmonxona (yangi o‘rinlar soni 6,4 mingta) va 239 ta xostel (yangi o‘rinlar soni 7,6 mingta)lar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami joylashtirish ob’yektlari soni 6,1 mingtadan, ulardagi o‘rinlar soni 161 mingdan oshdi.

8. 352 ta oilaviy mehmon uylari (yangi o‘rinlar soni 3,2 mingta) tashkil qilinib, ularning umumiy soni 3 752 taga o‘rinlar soni 33,5 mingtaga yetdi.

9. Turistlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi 866 ta yangi turistik tashkilot va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida ularning soni 3 686 taga yetdi. Respublika bo‘ylab 3 200 ta gid-ekskursovodlar faoliyat olib bormoqda, joriy yilning o‘zida 700 nafar gid-ekskursovodlar tayyorlandi.

10. O‘zbekiston turizm salohiyatini Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo-Tinch okeani, Yaqin Sharq, Xitoy va Markaziy Osiyo mintaqalarida keng targ‘ib qilish maqsadida «World Media Group» va «Blue Sky», «Sky one», «Wanderlust», «Euronews», «BBC», «National Geographic», «CNN» «Travel Tomorrow», «Warner Bros. Discovery», «Saga travel Group» xalqaro mediakorporatsiyalari, shuningdek, «Ctrip.com», «Holiday factory», «Voyage Prive» onlayn sayohat platformasi kabi bir qator xorijiy tashkilotlar va televideniyelar bilan shartnomalar asosida xalqaro miqyosda mamlakatimiz imiji ilgari surildi.

11. 2024 yilda dunyoning yetakchi 19 ta mamlakatida bo‘lib o‘tgan 22 ta xalqaro yarmarkalarda O‘zbekistonning milliy turizm stendi bilan ishtirok etildi.

12. 12 ta xorijiy davlatlarda «Road show», madaniy va taqdimot tadbirlari o‘tkazildi. Yaponiya, Germaniya, Xitoy va AQSh davlatlarida O‘zbekistonning turizm brendi elchilari va vakillari tayinlandi.

Bundan tashqari:

2024 yilning 21-23 noyabr kunlari O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi turizm sanoatining eng yorqin va yirik tadbiri – «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkaga 20 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi va ular O‘zbekiston Respublikasining 14 hududidagi yangi manzillarning turizm salohiyatiga baho berish imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, Yarmarka doirasida «B2B» uchrashuvlar tashkil etilib, ularda 20 mingdan ortiq muzokaralar olib borildi va 8 mingdan ortiq bitimlar imzolandi.

2024 yil davomida 591 ta loyihalar amalga oshirilib 19 428 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Toshkent shahrida Azimut, Bentley, Bill Wyndham & Co, Termiz shahrida 4 yulduzli «Hilton Garden Inn Termez Airitom», Navoiy shahrida «Dedeman Hotel», Samarqand turizm markazida «Hilton Samarkand Regency», «Hilton Garden Inn Samarkand Sogd», «Intercontinental» mehmonxonalar brendlari ostida tashkil etildi.

O‘tgan yilning 25-26 aprel kunlari «Shahrisabz – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining turizm poytaxti» xalqaro forumi va «Xiva – 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti» shiori ostida 2024 yil 31 may – 2 iyun kunlari Xiva shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari XII yig‘ilishi tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.
2024 yil davomida 20 dan ortiq davlatlardan 100 dan ziyod xorijiy OAV vakillari, blogerlar va inflyuenserlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab 26 ta info va press-turlar tashkil qilindi.

Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 22 ta normativ-huquqiy hujjat, shundan 3 ta Prezident Farmoni, 8 ta Prezident qarori va 11 ta Hukumat qarorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi.

Butunjahon turizm tashkiloti O‘zbekistonni turizm xizmatlaridan tushgan tushumlar (eksport) bo‘yicha dunyo bo‘ylab «ikkinchi eng yaxshi yo‘nalish» sifatida ko‘rsatdi.

Jahon Iqtisodiy forumi tomonidan e’lon qilingan «Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksi» tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilda «Turizmni rivojlantirish bo‘yicha dunyoning eng faol mamlakati» deb topildi. Bu e’tirof mamlakatda xalqaro sayyohlarni jalb qilish va barqaror turizmni rivojlantirishga e’tibor kuchayib borayotganini bildiradi.

Londonda bo‘lib o‘tgan marosimda O‘zbekiston nufuzli «Wanderlust Reader Travel Awards 2024» mukofotining «Eng yaxshi rivojlanayotgan yo‘nalish» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

«Trip.com» xalqaro onlayn sayyohlik platformasi tomonidan BAAning Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan «Global Travel» forumida Turizm qo‘mitasi «Eng yaxshi hamkor» va «Eng yaxshi turizm makoni» nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring