Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rtacha va eng katta oylik miqdorlari aytildi

O‘rtacha va eng katta oylik miqdorlari aytildi

2022-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3,42 mln. so‘mni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 19,1 foizga ko‘pdir, deyiladi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida.

Hisobotga ko‘ra, hududlar bo‘yicha eng katta maosh Toshkent shahrida 5, 21 mln. so‘m. Undan keyin Navoiy viloyati turibdi: 4,73 mln. so‘m. Eng kam ish haqi esa Surxondaryo (2,61 mln.) va Farg‘ona (2,59 mln.) viloyatlarida qayd etilgan.

Shuningdek, faoliyat turlariga qarab eng ko‘p to‘lanadigan oylik maoshlar statistikasi quyidagicha:

  • bank, sug‘urta, lizing va kredit kredit yo‘nalishi — 8,42 mln. so‘m;
  • axborot va aloqa — 6,5 mln. so‘m;
  • yuk tashish va qo‘riqlash — 4,55 mln. so‘m;
  • ishlab chiqarish — 4,46 mln. so‘m;
  • qurilish — 4,15 mln. so‘m;
  • savdo — 3,51 mln. so‘m;
  • ta’lim — 2,51 mln. so‘m;
  • sog‘liqni saqlash — 2,32 mln. so‘m.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring