Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga yangi rahbar tasdiqlandi
Abdullo Xursanov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi – bosh direktori etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
A.Xursanov bunga qadar «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi – bosh direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvining raisi – bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida Tohirjon Azamatov tayinlandi.
T.Azamatov shu kunga qadar «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter