Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank xalqaro kapital bozorida o‘zining ilk yevrobondlari chiqarilishini e’lon qildi

O‘zmilliybank xalqaro kapital bozorida o‘zining ilk yevrobondlari chiqarilishini e’lon qildi

2020-yil 12-oktyabrda O‘zbekiston Milliy banki xalqaro miqyosda tan olingan anderrayter-banklar bilan birgalikda 300 million dollarlik O‘zMilliybankining xalqaro obligatsiyalari (yevrobondlari) debyut chiqarilishi haqida e’lon qildi. «Road-shov» jarayoni doirasida, shu kunining o‘zida AQSh, Shveytsariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Osiyo mamlakatlaridan 70 ta global investor ishtirokida audio-konferensiya formatidagi (Global Investor Call) qo‘ng‘iroq bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir doirasida xorijiy investorlarga joriy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hamda bank sektorida olib borilayotgan islohotlarning yuzasidan malumot, shuningdek, Milliy bank tomonidan yevrobondlar chiqarilishining ham bank, ham butun mamlakat uchun ahamiyati bo‘yicha taqdimot qilindi.

Taqdimotdan so‘ng Moliya vazirligi va Milliy bank vakillari tomonidan investorlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi. Shuningdek, xorijiy potensial investorlar bilan yakka tartibda muzokaralar o‘tkazildi.

2020-yil 13-oktyabrda xorijiy investorlar bilan yakkama-yakka muzokaralar davom etishi ko‘zda tutilgan.

Keyingi bosqichda, Milliy bank tomonidan chiqariluvchi yevrobondlar narxi aniqlanadi hamda London fond birjasida bozorning hozirgi holatidan kelib chiqib, sotish jarayoni amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: Yevrobond - bu xorijiy investorlar orasida xalqaro anderrayterlar sindikatining yordami bilan joylashtirilgan, emitent uchun chet el valyutasida chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring