Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiydagi kombinat oltin ishlab chiqarishda dunyoda 5-o‘rinni egalladi

Navoiydagi kombinat oltin ishlab chiqarishda dunyoda 5-o‘rinni egalladi

Kanadaning Kitco xalqaro tahliliy markazi 2023 yilning birinchi yarim yilligida dunyodagi Top-10 ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-o‘rinni egallab, oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-yarim yilligida kombinat tomonidan 1,425  mln unsiya oltin ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. Shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan «Muruntov» koni NKMKga tegishli ekanligi qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring