Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro kompaniya Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini quradi

Xalqaro kompaniya Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini quradi

Energetika vazirligi va «Phanes Group» xalqaro kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyati Nurota tumani hududida quyosh elektr stansiyasi (QES) qurish to‘g‘risida investitsiya shartnomasi imzolandi.

Energetika vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida «Phanes Group» va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim ham imzolandi.

«Phanes Group» va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida QES (IA) va elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim (PPA) 200 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, egalik qilish va ekspluatatsiya qilish uchun texnik va tijoriy shartlarni, shuningdek, 60 km uzunlikdagi 220/110 kV nimstansiyani o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, «Phanes Group» bosh ofisi BAAning Dubay shahrida joylashgan bo‘lib, u quyosh energiyasi, shuningdek, investitsiya va aktivlarni boshqarish sohasida loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. «Phanes Group»2012 yilda tashkil etilgan. Kompaniya moliyaviy va muhandislik tajribasini birlashtiradigan keng qamrovli yondashuvni amalga oshiradi. Buning natijasida, kompaniya quyosh energiyasi sohasida to‘liq tayyor yechimlarni taklif qiladi.

«Phanes Group» quyosh energiyasi sohasida sarmoyalar portfeliga ega va uning geografiyasi ko‘plab mamlakatlarni qamrab oladi. Kompaniya rivojlanayotgan bozorlarga, ayniqsa Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Bugungi kunga qadar kompaniyaning ekologik toza energiya bo‘yicha hissasi 130 MVt.dan oshadi. Bundan tashqari, yana 3,5 GVt rivojlanish yoki rejalashtirish bosqichida, shu jumladan Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida 922 MVt loyihalar portfelida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring