Namangan Uylari ishonchli uy-joy agentligi

Namanganda uy-joy bozorida yirik agentlikka aylangan Namangan Uylari har bir mijoz uchun ishonchli sherik bo‘lishni davom ettirmoqda. Bu platforma nafaqat sotiladigan va ijaraga beriladigan ob’yektlarni taqdim etadi, balki mijozlarning vaqtini tejash, ularning ehtiyojlariga mos takliflarni topishga yordam beradi va foydali ma’lumotlar ulashadi.
O‘sish tarixi
2019 yildan beri faoliyat olib borib kelayotgan “Namangan Uylari” hozirda “Umega Golden Media” MChJ tarkibida Moxirjanov Usmonjon va Oybek Mahmudov tomonidan asos solingan, qisqa vaqt ichida viloyatning eng mashhur uy-joy agentligiga aylandi. Bugungi kunda platforma o‘zining 400 mingdan ziyod obunachilari bilan Namangan aholisining katta qismini qamrab oladi.
Ushbu platforma orqali hozirga qadar 1 000 dan ortiq uy sotilishiga ko‘maklashildi, 120000 tadan ortiq uylar sotuvga qo‘yildi bu esa ularning ishonchliligi va samaradorligini yana bir bor isbotlaydi.
Reklama va brend qudrati
“Namangan Uylari” reklamalari shaharning ko‘plab LED monitorlarida, bannerlarda muntazam ravishda namoyish etiladi. Bu esa brendning barcha qatlamlar orasida tanilishiga yordam berdi. Tashkilotning yuzlaridan biri, taniqli shaxs Moxirjanov Usmonjonning video obzorlari aholining e’tiborini jalb qilib, YouTube’da tasdiqlangan kanal maqomini ham qo‘lga kiritdi.
Mijoz uchun qulaylik
Platforma faqat e’lon joylab berish bilan cheklanib qolmaydi. Har bir mijozning ehtiyojini tushunish va unga mos ob’yektni taklif qilish – bu “Namangan Uylari” jamoasining asosiy maqsadlaridan biri. Qaysi kvartirani sotib olish yoki ijaraga olishni hal qilishda mijozga batafsil ma’lumot beriladi va ko‘maklashiladi.
Raqamlarda muvaffaqiyat
400 000+ obunachi – real auditoriya.
1 000+ uy sotilishiga ko‘maklashilgan
Namangan aholisi orasida 4/1 qismi platformaning faol kuzatuvchilari.
Namangan Uylari – Sizning orzuingizdagi uyingiz sari yo‘l
Ushbu brend Namangandagi uy-joy bozorining ishonchli ko‘zgusiga aylandi. Manzilni Yandex orqali “Namangan Uylari” deb qidirib, I. Karimov ko‘chasidagi ofisga tashrif buyuring. Ishonchli uy-joyni topishdagi birinchi qadamni biz bilan bosing!
“Umega Golden Media” MChJ – ishonch, sifatlilik va mijoz ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi kompaniya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter