Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moody's: 2020-yilda jahon iqtisodiyoti susayadi

Moody's: 2020-yilda jahon iqtisodiyoti susayadi

Foto: «Mvsnoticias»

2019-yili jahon iqtisodiyoti o‘sishida susayish kuzatiladi, bu haqda xalqaro reyting agentligi — Moody’s hisobotiga asoslanib «Praym» agentligi xabar berdi. Global iqtisodiyot uchun asosiy risklar sifatida tashqi savdodagi ziddiyatlar, xususan, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi va proteksionizm choralari ko‘rilmoqda.

«2009-yildagi retsessiyadan beri eng sekin o‘sish kuzatilgan 2019-yildan so‘ng 2020-yilda ham jahon iqtisodiyoti sustligicha qoladi», — deyiladi Moody’s hisobotida.

2020-yilda bunday holatning yuzaga kelishiga AQSh va Xitoy iqtisodiyoti o‘sishidagi pasayishlar ham sabab bo‘ladi.

«Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘sish sekinlashadi... Xitoyning susayishi va jahon savdosidagi o‘sish to‘xtatishi oqibatida rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘sish o‘rtachadan past bo‘ladi», — dedi tahlilchi Elena Duggar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring