Moliya vazirining 2019-yil 18-fevraldagi buyrug‘i bilan Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Davlatov Murodbek Saparbayevich tayinlandi.
Murodbek Davlatov 1978-yilda Xorazm viloyati, Xazorasp tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1999-yilda Urganch davlat universitetini, 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2006-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini bank ishi va moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
- 1999 – 2007-yillarda Bog‘ot tumani banklarida va tuman moliya bo‘limlarida,
- 2007 – 2012-yillarda Xorazm viloyati G‘aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmalarida,
- 2012 -2015-yillarda Bog‘ot tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.
- 2015 – 2017-yillarda Xorazm viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i.
- 2015 – 2018-yillarda Xorazm viloyati hokimligining moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i.
Hozirgi kunga qadar Moliya vazirligining Agrosanoat majmua moliyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Agrosanoat majmuining qayta ishlash va boshqa tarmoqlari moliyasi va narxlarni tartibga solish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.
***
Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Yunusov Mohir Muratjanovich tayinlandi.
Yunusov Mohir Muratjanovich 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2001-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bakalavr, 2002-yilda Germaniyaning Bremen universitetini magistr darajalarini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2003-yilda Germaniyaning Berlin shahridagi telekommunikatsiya sohasida boshlagan.
Mohir Yunusov O‘zbekiston va xorij banklarida faoliyat yuritgan, xususan, O‘zbekistonning Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida yetakchi, bosh mutaxassis hamda Kaliningrad shahridagi “Sankt-Peterburg Yevropa banki” filialida yetakchi va katta mutaxassis lavozimlarida tajriba orttirgan. Bundan tashqari Rossiya Federatsiyasining nufuzli universitetlarida Iqtisodiyot va moliya departamenti boshlig‘i, shuningdek, budjetni rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i kabi rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan.
Hozirgi kunga qadar Mohir Yunusov Sevastopel davlat universiteti budjetni rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
***
Moliya vazirining 2019-yil 18-fevraldagi buyrug‘i bilan Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Abruyev Jamshid Ismoilovich tayinlandi.
Jamshid Abruyev 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1999-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
- 2000 – 2004-yillarda Samarqand shahar Temir yo‘l tumani Xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimliklarida hisobchi, iqtisodchi lavozimlarida;
- 2004 – 2012-yillarda Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i muovini lavozimlarda;
- 2012 – 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining Umumiy o‘rta va maktabgacha ta’limni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
- 2017 – 2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
- 2018 – 2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.
Hozirgi kunga qadar Jamshid Abruyev O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter