MKBANKdan UnionPay: dunyo bo‘ylab imtiyozlar siz bilan!
Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalar so‘nggi yillarda jadal rivojlanib bormoqda. Bu ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat savdo sohasida, balki investitsiya, sanoat, infratuzilma, energetika va turizm kabi yo‘nalishlarda ham kengaymoqda.
Misol uchun, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida O‘zbekiston va Xitoyning tashqi savdo aylanmasi 11 mlrd AQSh dollaridan ortiqni tashkil qilmoqda.
Bu yo‘lda “Mikrokreditbank” ATB ham Xitoy bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirib kelmoqda. Misol uchun, ushbu mamlakatning eng yirik UnionPay — xalqaro to‘lov tizimi bilan 2019-yildan buyon hamkorlikda ishlab kelayotgani ham tahsinga loyiq.Hamkorlik aloqalari orqali o‘tgan davrda MKBANKda ish haqi doirasida foydalanish uchun Kobeyjing kartalari amaliyotga joriy qilindi.
Mazkur kompaniya 2002 yilda Xitoyda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda u dunyodagi eng yirik to‘lov tizimlaridan biriga aylangan va 180 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. UnionPay kartalari asosan Osiyo bozorida keng tarqalgan, ayni paytda esa Yevropa, Amerika va boshqa qit’alarda ham foydalanuvchilari soni oshmoqda.
Yuqoridagi hamkorlik aloqalaridan kelib chiqib, MKBANKda xalqaro UnionPay Diamond, Platinium, Gold, Classic kartalari joriy qilinmoqda.
MKBANK tizimida joriy etiladigan ushbu UnionPay kartalari yordamida:
* Xorijiy pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, P2P xizmatlari, 3DS xizmati, SMS-xabarnomalar hamda kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
* Shuningdek, UnionPay kartalari orqali xalqaro savdo markazlari, restoranlar, mehmonxonalar va boshqa xizmatlarda ham bemalol to‘lov qilish imkoni mavjud.
UnionPay to‘lov tizimi xavfsizlikning zamonaviy texnologiyalari bilan ta’minlangan. Kartalar chipli bo‘lib, tranzaksiyalar maxfiyligi yuqori darajada himoyalangan.
Asosiysi, UnionPay orqali virtual karta ochish imkoniyati ham mavjud.
MKBANK tizimida UnionPay kartalarini 2025 yilning birinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter