Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyasi raisini qabul qildi

Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyasi raisini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-oktyabr kuni Koreyaning yetakchi «SK Group» kompaniyasi raisi, Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Che Txe Von boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda «SK Group» kompaniyasi bilan yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish, xususan, Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Yarimo‘tkazgichlar sanoatida muhandislik kadrlarini tayyorlash va ilmiy izlanishlar o‘tkazish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Koreya Savdo-sanoat palatasi ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilishda faol ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring