Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy bank» ko‘magi bilan Jizzaxda ko‘ngilochar joy ochildi

«Milliy bank» ko‘magi bilan Jizzaxda ko‘ngilochar joy ochildi

«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, OAV vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va bank imijini oshirish maqsadida, joriy yilning 13 mart sanasida Jizzax viloyati bo‘ylab  press – tur tashkil etildi.

Press – turda ishtirok etgan OAV vakillari «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati filiali faoliyati hamda bank tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Bugungi kunda mazkur filial tomonidan, viloyat markazida joylashgan zamonoviy, qulay va innovatsion texnologiyalarga ega, yangidan barpo etilgan binoda mijozlarga zamon talablariga ko‘ra tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatlib kelinmoqda. Filialda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida elektron navbat, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun universal amaliyotlar zali, universal kassa xizmatlari, valyuta ayirboshlash shaxobchasi, 24/7 tizimda ishlovchi bankomatlar va infokioskalar faoliyati yulga quyilgan. 6,8 ming yuridik va 78,9 ming jismoniy shaxslar mazkur filial mijozi hisoblanadi.

Viloyatning Sh.Rashidov tumani, Uchtepa qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan «AAA COMPANY» mas’uliyati cheklangan jamiyati ham bank mijozlari sirasiga kiradi. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mazkur korxona tomonidan umumiy qiymati 13 mlrd. so‘m bo‘lgan loyiha taqdim etilgan. «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyat filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i evaziga, bouling markazi va 3D kinoteatr qurilib, zarur jihozlar harid qilingan. 3D kinoteatr 2 ta zaldan iborat bo‘lib, har biri 50 ta tomoshabinni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda mazkur aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarida 45 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring