Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» 2020-yilda modulli kreditlarni ishga tushirdi

«Mikrokreditbank» 2020-yilda modulli kreditlarni ishga tushirdi

Foto: «Xabar.uz»

«Mikrokreditbank» ATB faoliyatini transformatsiya qilish jarayonlarini tezlashtirish hamda sifatli olib borish maqsadida axborot texnologiyalari, risk menejment, operatsion jarayonlar, chakana biznes bo‘yicha xorijdan 5 nafar malakali bank xodimi ishga jalb qilingan. Bu haqda «Mikrokreditbank» ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Kamoliddin Atayev jurnalist va blogerlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bank tomonidan 2020-yil davomida barcha yo‘nalishlarda tadbirkorlik sub’yektlariga 4,1 trln.so‘m kredit ajratilib, ushbu ko‘rsatkich (1,7 trln so‘m) o‘tgan yilga nisbatan 2,4 trln.so‘mga yoki 241,0 foizga oshdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida belgilangan umumiy qiymati 4,6 trln. so‘mlik jami 1 479 ta loyihalarga 1 135,1 mlrd.so‘m kreditlar ajratilib, 1 186 ta loyiha ishga tushirildi va 10 286 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Foto: «Xabar.uz»

Kreditlash faoliyatini soddalashtirish, kreditlar ajratish jarayonini tezkorligini oshirish maqsadida hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni qisqartirildi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga mo‘ljallangan 7 ta modulli kreditlar («Yashil yo‘lak», «Imkoniyat», «Invest», «Ayol tadbirkor», «Fermer», «Har bir oila tadbirkor», «Hunarmand») ishlab chiqildi va test tartibida Amaliyot boshqarmasida ishga tushirildi.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish departamenti  tomonidan 2020 yil 12 oy davomida jami 214 ta loyihaga 1 264,0 mlrd. so‘m ekvivalentida kredit ajratilgan.

Shundan, 69 ta mijozga 171,4 mlrd. so‘m, 101 ta mijozga 58,0 mln. AQSh  dollari hamda 44 ta mijozga 37,8 mln. YeVRO kredit ajratilgan. Joriy yil davomida investitsion loyihalarni moliyalashtirishga jami 200 mln.AQSh dollari yo‘naltirildi.

Mikrokreditbank tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolarni bank kreditlaridan foydalinishini soddalashtirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ularni turmush darajasini oshirish maqsadida bir qancha yangi kredit produktlari, xizmatlar joriy etildi va kreditlar ajratildi.

Foto: «Xabar.uz»

Jumladan, 2020-yil boshidan 141 ming nafar jismoniy shaxslarga jami 1 trillion 670 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi. Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 38 544 ta jismoniy shaxslarga 723,0 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilib, buni hisobiga yurtimiz fuqarolari o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. Bular qatorida hududlarda bankka biriktirilgan mahallalardagi kam ta’minlangan aholi ya’ni temir daftarga kiritilgan kreditga ehtiyoji mavjud jami 6 600 nafar fuqarolarga 67,2 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

2020 yilning o‘tgan davri mobaynida ajratilgan kreditlarni 2019 yilning mos davriga nisbatan quyidagi sohalar bo‘yicha oshganini ko‘rishimiz mumkin: davlat dasturlari asosida ajratilgan kreditlar 160,0 mlrd.so‘mga, MIKROQARZ (naqd pulda va plastik kartochka orqali) 270,0 mlrd.so‘mga, ISTE’MOL kreditlari 56,0 mlrd. so‘mga, ONLAYN mikroqarz 46,0 mlrd.so‘mga oshgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning portfeldagi qoldig‘i 2020 yil 25 dekabr holatiga 228 ming  144 nafar mijozda 2 trillion 362 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 916,0 mlrd.so‘mga yoki bo‘lmasa 39 ming nafar mijozga oshgan.

Foto: «Xabar.uz»

Bundan tashqari, 2020-yil davomida (5 ta) yangi chakana kreditlar bo‘yicha produktlar joriy qilindi (onlayn-mikroqarz 3 oylik, onlayn iste’mol, avtomobil oynasi tusini o‘zgartirish uchun, migrantlar uchun, ichki turizm va tashqi turizm) 20 turdagi produktlar mavjud.

Misol uchun, bankning «MKB Mobile» mobil ilovasi orqali mijoz o‘z mobil telefoni orqali 1 oydan 3 oy muddatgacha foydalanishni nazarda tutuvchi onlayn-mikroqarz joriy qilinishi natijasida 2020-yil 25-dekabr holatiga 63,3 mlrd. so‘m kredit ajratildi. 2019-yil mos davriga nisbatan 46,0 mlrd.so‘mga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi PF-5785-sonli farmonini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun fuqarolarga mikroqarzlar ajratilishi boshlandi hamda 166 nafar xorijda ishga bormoqchi fuqarolarga 332,0 mln.so‘m miqroqarzlar ajratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5959-sonli qarori asosida aholiga (jismoniy shaxslarga) kreditning to‘lov majburiyatlarini yumshatish va yengillashtirish maqsadida jami 173 786 nafar qarz oluvchilarning 377,3 mlrd.so‘mlik grafik qarzdorliklari 6 oy muddatgacha uzaytirildi.

Bank tomonidan kreditlar ajratishning yangi Anderrayting tizimi ishga tushirildi. Avvalgidan farqi kredit ajratilishi 5 bosqichdan 2 taga, xujjatlar soni 15 tadan 3 taga, kreditni ko‘rib chiqish muddatlari 10 kundan
1 kunga qisqartirilishiga erishildi. Ushbu kredit turi bo‘yicha 2873 ta mijozga 20,5 mlrd. so‘m kredit ajratildi.

Shuningdek, «MKB-mobile» ilovasi orqali hech qanday xujjatlarsiz bankka kelmasdan elektron tarzda onlayn-iste’mol krediti olish joriy qilindi.

Mikrokreditbankni xalqaro andozalarga muvofiq ish yuritadigan zamonaviy tijorat bankiga transformatsiya qilish maqsadida avvalo xalqaro auditorlik va konsalting kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildiyu Fyni paytda AQShning «ACCION» kompaniyasi bilan bankning 2025-yilgacha mo‘ljallangan bank strategiyasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Bank faoliyatini transformatsiya qilish jarayonlarini tezlashtirish hamda sifatli olib borish maqsadida axborot texnologiyalari, risk menejment, operatsion jarayonlar, chakana biznes  bo‘yicha 5 nafar malakali rossiyalik va armanistonlik mutaxassislar ishga jalb qilindi.

Bankda korporativ va biznes jarayonlarni boshqarish imkonini beruvchi korporativ portalini — «Bitriks 24» dasturi ishga tushirildi. Ushbu dastur BPM — biznes jarayonlarni boshqarish, CRM — mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish imkoniyatini beradi.

Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirish maqsadida Call-markaz faoliyati qaytadan tashkil qilinmoqda. Xozirda mijozlarga onlayn xizmatlar ko‘rsatish salohiyatini oshiruvchi zamonaviy Call-markaz faoliyatini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, 2021-yilda amalga oshiriladigan transformatsiya loyihalari dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda chakana xizmatlarni rivojlantirish, interaktiv xizmat ko‘rsatish yangi tizimlarini joriy qilish, yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan mehnat migrantlari uchun sotuvlar saytlarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan.

Matbuot anjumani davomida «Mikrokreditbank» mas’ul xodimlari bankning istiqboldagi qo‘shimcha reja va maqsadlarini qayd etib, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring