Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» meva-sabzavotchilik bo‘yicha 21,3 mln. AQSh dollarlik loyihalarni moliyalashtirdi

«Mikrokreditbank» meva-sabzavotchilik bo‘yicha 21,3 mln. AQSh dollarlik loyihalarni moliyalashtirdi

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki bugungi kunda o‘zining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablag‘lari bilan investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, o‘tgan vaqt moboynida bankka jalb qilingan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalarining mablag‘larini o‘zlashtirish hamda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JISA) «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish» kredit liniyasining 27,1 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilingan.

Bugungi kunga qadar ushbu mablag‘lar hisobidan 21,3 mln. AQSh dollari miqdoridagi 18 ta loyihalar moliyalashtirilishi natijasida umumiy maydoni 58 gektar bo‘lgan issiqxona kompeksi, 1000 tonnalik meva sabzavotlarni saqlash omborxonasi hamda 300 gektar maydonda intensiv bog‘ tashkil etildi. Ushbu loyihalar to‘liq ishga tushirilishi bilan 500 dan ortiq ishchi o‘rinlari tashkil etiladi.

«Mikrokreditbank» ATB tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JISA)ning qolgan mablag‘lari hisobidan hududlardagi meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalari moliyalashtirilmoqda.

Jumladan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JISA) «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish» kredit liniyasi orqali Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi «Ecoline Lider Plast» MChJ QKga ajratilgan 773 413 AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘i hisobiga 1,5 ga maydonga zamonaviy issiqxona va ko‘chatxona tashkil etilmoqda.

Loyihani amalga oshirish natijasida korxona issiqxonada pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri kabi mahsulotlar yetishrish bilan birga, hududdagi boshqa issiqxona xo‘jaliklariga sifatli ko‘chatlar yetkazib berilishi loyihaning afzalliklari va xorijdan jalb qilingan kredit liniyalaridan samarali foydalanish deb hisoblash mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Mikrokreditbank» iqtisodiyotning real sektor korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring