Mikrokreditbank kreditlari evaziga 40 mingga yaqin ayollar bandligi ta’minlandi
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2021 yil davomida bank filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 846,5 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilib, 39 676 nafar ishsiz ayollar tadbirkorlikka jalb etildi.
Shunday tadbirkorlardan biri andijonlik Barno Kamolova.
«O‘zim shirinliklarni juda yaxshi ko‘raman, shu sababdan aynan shirinliklar ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni anchadan beri maqsad qilib yurardim. Mikrokreditbankning Andijon viloyatidagi uyimiziga yaqin bo‘lgan bank xizmatlari markaziga borib, shirinliklar ishlab chiqarish dastgohi sotib olish maqsadida 32 850 000 so‘m imtiyozli kredit oldim, — deydi tadbirkor ayol. — O‘zimni ham anchadan beri yig‘ib yurgan mablag‘larim ham bor edi, shularni jamlab hozirda tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘yib oldim».
Joriy yilda ham xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, ularni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni, ustuvor ravishda «Ayollar daftari»ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlashga yo‘naltirishda zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda.
Bank filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2021-yilda 1 901 nafar hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 59,8 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar esa hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 67 ta loyihaga 2,4 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Shundan 1,7 mlrd. so‘mi «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lgan 50 nafar hunarmand (kulol) tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bank axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter