Meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari qanday tashkil etiladi?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida klasterlar tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Qaror bilan tasdiqlanayotgan nizomga ko‘ra, meva-sabzavotchilik klasteri tarmoq ixtisosligi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilishi mumkin:
- bog‘dorchilik – intensiv bog‘dorchilik va tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash asosida va mevachilik, yong‘oqchilik, sitrus va ko‘p yillik mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgan;
- uzumchilik – tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llagan holda intensiv asosda xo‘raki va/yoki sanoatbop uzum mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan;
- sabzavotchilik – bir yillik sabzavot, dukkakli ekinlar, ko‘kat
va respublika hududida ta’qiqlanmagan boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashgan; - issiqxona – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda issiqxona koplekslaridan foydalanishga ixtisoslashgan;
- ko‘p tarmoqli– yuqorida sanab o‘tilganlar bo‘yicha bittadan ortiq yo‘nalishga ixtisoslashgan.
Shuningdek, meva-sabzavotchilik klasterlari mavjud yer maydonlari
va mahsulot ishlab chiqarishi turlari bo‘yicha quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
- mustaqil– to‘lik siklda (meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, sotish bo‘yicha) faoliyat olib borish uchun belgilangan tartibda o‘ziga ajratilgan yirik yer maydonlariga (plantatsiya) ega meva-sabzavotchilik klasteri;
- tayyorlov-qayta ishlash – ho‘l yoki qayta ishlangan xolda eksport qilish maqsadida meva-sabzavot mahsulotlarini boshqa ishlab chiqaruvchilar (fermer, dehqon, agrofirma, kooperatsiya va boshqalar)dan faqat shartnoma asosida sotib oluvchi meva-sabzavotchilik klasteri;
- aralash–mahsulot yetishtirish uchun belgilangan tartibda o‘ziga ajratilgan yer maydonlariga (plantatsiya) ega va bir vaqtda shartnoma asosida mahsulot yetishtiruvchilardan (fermer, dehqon, agrofirma, kooperatsiya va boshqalar) meva-sabzavotlarni sotib oluvchi klaster.
Qayd etilishicha, tashabbuskor meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish uchun tarmoq ixtisosligi va turini ko‘rsatgan holda mahalliy davlat hokimiyati organiga ariza bilan murojaat qiladi.Agar tashabbuskor tanlagan ixtisosligiga mos holda meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtirish uchun yer uchastkasini foydalanishga (ijaraga) olishni yoki mavjud yer maydonlarini kengaytirishni xohlasa, buni arizada aks etirishi lozim.Kelgusi yil hosili uchun meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarning arizalari har yili 15-sentyabrga qadar taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter