Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qanchaga oshdi?
«2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qaroriga ko‘ra, 1 fevralidan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.
2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so‘m;
- eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so‘m;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan:
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari tasdiqlandi.
Bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter