Kreditlash: «O‘zmilliybank» AJ o‘z xodimlari malakasini oshirmoqda (video)

«O‘zmilliybank» AJ Uchtepa filialida joylashgan bank o‘quv markazida seminar o‘tkazildi. Unda bankning viloyat va tuman filiallari kredit bo‘limlari rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur seminar bank filiallarining kreditlovchi bo‘limlari xodimlari kasbiy malakasini oshirish, yuqori malakali tarkibni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Mazkur dastur kreditlash asoslarini standartlashtirish, operatsion risklarni kamaytirish, xususan, bank filiallarining kredit bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiquvchi va berilgan kreditlar monitoringini olib boruvchi kreditlash bo‘linmalari rahbarlarining malakasini oshirishga qaratilgan.
Joriy yil dekabr oyi davomida bankning 77 nafar xodimi oflayn tartibda ikki kundan uch guruhga bo‘lingan holda o‘z malakasini oshirib boradi.
Seminar yakunida esa xodimlarning bilim va ko‘nikmalari darajasini aniqlash maqsadida o‘tilgan material bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi.
Bu kabi chora-tadbirlar bank tizimi mutaxassislarining bilim va malakasini yanada oshirish bilan birga, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter