Jarqo‘rg‘onda neft qazib olish 5 barobar oshiriladi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida viloyatda tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra:
- Viloyatning har bir tumanida «Loyiha guruhi» tashkil qilinadi va kichik geologiya ekspeditsiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
- Sariosiyo tumanining qo‘rg‘oshin, rux, ko‘mir, noruda qazilmalarga, Uzun tumanining misga, Boysun, Termiz, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarining neft va gazga, Sherobodning temir rudasi va ko‘mirga boy bo‘lgan istiqbolli maydonlarida geologiya-qidiruv ishlari olib boriladi.
- «Loyiha guruhi» tomonidan tumanning yer osti va yer usti imkoniyatlari tahlil qilinib, har bir tuman kesimida investitsiya va eksport Strategiyasi ishlab chiqiladi.
- Jarqo‘rg‘on tumanida rossiyalik hamkorlar bilan 150 million dollarlik xorijiy investitsiyalar hisobiga mavjud konlarda neft qazib olish hajmi 5 barobar ko‘paytirilib, 250 ming tonnaga yetkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter