Jahon bozorida paxta qimmatlashdi: so‘nggi 10 yildagi eng yuqori cho‘qqi
Jahon bozorida paxtaning bir funti yoki 455 grammi so‘nggi 10 yilda ilk marta 1 AQSh dollaridan qimmatlashdi. Bu haqda xorij ommaviy axborot vositalariga asoslanib «Report» xabar berdi.
Narx 8,8 foizga oshib, 1,07 dollargacha yetgan. Bu birjada sotilayotgan tovarlar orasidagi eng yuqori narx o‘sishi.
Paxta narxining qimmatlashishiga ta’minotdagi uzilishlar, elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq muammolar va tovar zaxiralari qisqarishi kabi omillar sabab bo‘lgan. Paxtaning qimmatlashuvi tekstil mahsulotlari narxlari oshishiga turki beradi, deyishmoqda tahlilchilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter