Issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi
«Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori (PQ-4716-son, 18.05.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
- yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
- sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;
- urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha;
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun – BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter