Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ipoteka-bank» fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi

«Ipoteka-bank» fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi

Ma’lum bo‘lishicha, ayrim kimsalar tomonidan o‘zlarini Ipoteka bank xodimi deb tanishtirgan holda, fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularga o‘z uylarini sotish va ipoteka kreditiga yangi turar joy olish kabi takliflarni bildirish holatlari uchramoqda.

«Ipoteka-bank» ATIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu shaxslar bank xodimlari emas, balki ular yolg‘iz yoshi katta fuqarolarni ishonchiga kirib aldov yo‘li bilan ularni turar joylariga ega bo‘layotgan firibgarlardir.

«Ipoteka-bank» ATIB filiallari va bank xizmatlari markazlari tomonidan bugungi kunda aholi uchun birlamchi va ikkilamchi ipoteka kreditlari ajratib kelinmoqda.

Biroq, ipoteka kreditlarini ajratilishida bankimiz xodimlari fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, bank mahsulotlarini targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirmaydi.

Barcha ipoteka kreditlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bank sayti, tashkil etilgan Contact–markazi va bank filiallari orqali olish imkoni mavjud.

Fuqarolar tomonidan arizalar faqatgina filiallar va bank xizmatlari markazlari orqali qabul qilinib, ko‘rib chiqiladi. Kredit ajratish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar fuqarolarning telefon raqamlariga sms ko‘rinishida jo‘natiladi.

Sizdan, yuqoridagi kabi holatga duch kelsangiz, ya’ni xonadoningizga noma’lum shaxslar Ipoteka bank nomidan kelib, turli xil kredit mahsulotlaridan foydalanishni targ‘ib qilsa, bankning 1233 qisqa raqamiga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishingizni so‘ralgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring