Imom al-Buxoriyda halol standartidagi 4 yulduzli mehmonxona quriladi
![Imom al-Buxoriyda halol standartidagi 4 yulduzli mehmonxona quriladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3809829567.jpg)
Joriy yilning 3-avgust kuni AQShning «GMFR-AL-BUKHARIY» kompaniyasi prezidenti Dilovar G‘ulom Imom Al-Buxoriy majmua hududida 4 yulduzli mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida qatnashdi. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga tayanib «Zarnews» xabar berdi.
Mehmonxona 3 qavatli, 100 o‘rinli xonadan iborat bo‘ladi. U xalqaro halol standarti asosida quriladi.
Bundan tashqari, mehmonxonada restoran, bar va konferensiya zali bo‘ladi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/11/720__XqCpz9hAk-J-zb_Lpr6OEU1WFRsTk3ie.jpg)
Tamal toshini qo‘yish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari B.Nurullayev va Payariq tumani hokimi D.Musinov ham ishtirok etishdi.
«GMFR-AL-BUKHARIY» kompaniyasi prezidenti Dilovar G‘ulom uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, uning ota-bobolari aynan shu zaminda yashaganligi sababli, u bu yerda mehmonxona qurishdan juda baxtiyorligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter