Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«HUMO» bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

«HUMO» bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) O‘zbekiston banklari bilan birgalikda Visa xalqaro to‘lov tizimi tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha milliy valyutada mablag‘larni yechish imkoniyatini joriy qildi. Bu haqda markaz axborot xizmati xabar berdi.

«Shubhasiz, mazkur tashabbus O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga ko‘mak qiladi. HUMO Milliy to‘lov tizimi va Visa global to‘lov texnologik kompaniyasi mamlakat bo‘ylab 250 dan ortiq bankomatlarda Visa kartalarini qabul qilish bo‘yicha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunladilar, bunday bankomatlarning soni esa kundan kunga ortib bormoqda», – deydi MBPM direktori Qurbonov Shuhratbek.

Visa va HUMO strategik hamkorligi poydevori mazkur yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Visa kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish maqsadiga qaratilgan O‘zaro hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumi imzolangan paytda o‘rnatilgan. Ushbu tashabbus tomonlarning mamlakatda elektron to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlaridagi birinchi qadam hisoblanadi.

Bankomatdan milliy valyutada naqd pul mablag‘larini berish uchun komission haqni bankning o‘zi belgilaydi. Turistik shaharlarda milliy valyutada pullarni yechib olish imkoniyatini beruvchi HUMO bankomatlari yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar va h.k. atrofidagi 24/7 shaxobchalarida joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring