Hokimlarning 31 nafar o‘rinbosari javobgarlikka tortildi
Tadbirkorlar va eksportchilar muammolarini hal qilishda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning sustligi tufayli bir qator mutassaddilar intizomiy javobgarlikka tortildi.
Bu haqda joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda mutasaddi rahbarlar tarmoqlar va hududlar kesimida eksport faoliyatining bugungi holati, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va bu borada mavjud muammolar yuzasidan hisobot berdilar.
Tadbirkorlar va eksportchilar muammolarini hal qilishda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning sustligi tufayli alohida rahbarlar faoliyati qattiq tanqid qilindi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarining tuman va shaharlari hokimlarining 31 nafar o‘rinbosari, shuningdek, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi kabi tarmoq birlashmalari rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortildi.
Yig‘ilish yakunida vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan qo‘shimcha manzilli topshiriqlar berilgan. Ularning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter