Hindistonlik Rashmi Ranjan Buxoroda to‘rt yulduzli mehmonxona quradi
Buxoro viloyati hokimligining axborot xizmati ma’lum qilishicha, viloyat hokimligida «METRIC VENTURES» kompaniyasi ta’sischi direktori Rashmi Ranjan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar yakunida tomonlar Buxoro shahrida mehmonxona qurish borasida kelishuvga erishdi.
Mamlakatimiz rahbarining «Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tomonlar bu borada ham muzokaralarni davom ettirishmoqchi.
Qayd etish kerakki, mazkur kompaniya Buxorodan tashqari, Samarqand va Toshkent shaharlarida mehmonxonalar, yurtimizning boshqa viloyatlarida esa 1000 gektargacha bo‘lgan maydonda intensiv bog‘lar qurishni ham rejalashtirayotgan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter