Hindistonlik bojxonachilar samolyot hojatxonasidan to‘rtta oltin bo‘lagini topdilar
Hindiston bojxona xizmati xodimlari Dubaydan Mangalur shahriga uchib kelgan samolyot hojatxonasidan umumiy narxi 1,22 million rupiy (taxminan 188 ming dollar) bo‘lgan to‘rt oltin bo‘lagini topishgan.
Bu haqida «NDTV» telekanaliga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda. Mazkur hodisa «Jet Airways» aviakompaniyasining Mangalurga uchuvchi samolyoti bortida sodir bo‘lgan.
Bundan tashqari xuddi shu reysdagi yo‘lovchidan ham uncha katta bo‘lmagan oltin bo‘lagi topilgan. Oltinning qiymati 700 ming rupiy (10,7 ming dollar) deya baholangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi oltinni noqonuniy ravishda olib o‘tgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan, unga sherik kontrabandistlar qidiruvi esa davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter