Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» aksiyasining ilk haftasida 400 dan oshiq «Malibu» va «Tracker» sotildi

«GM Uzbekistan» aksiyasining ilk haftasida 400 dan oshiq «Malibu» va «Tracker» sotildi

Foto:«GM Uzbekistan»

14-fevral kuni «GM Uzbekistan» AJ «O‘zagrosug‘urta» bilan hamkorlikda «Malibu» va «Tracker» avtomobillarini xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga ushbu avtomobillarni muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmatni taklif qilgandi.

Aksiyaning ilk haftasida 400 dan ortiq «Malibu» (172) va «Tracker» (287) avtomobillari sotildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi xizmat shartlariga ko‘ra, xaridor Lacetti avtomobilining puliga (128 mln so‘m) «Chevrolet Tracker», «Tracker» avtomobili puliga esa (215 mln so‘m) Malibu» avtomobilini xarid qilishi mumkin. Avtomobilning qolgan summasi esa 12 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lanadi.

Shartnoma tuzilgan vaqtda «O‘zagrosug‘urta» mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan, shuningdek muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi hamda avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15-sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

Aksiya 1 martga qadar amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring