Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Foydalanilmayotgan ob’yektlar uchun o‘n karragacha miqdorda soliq belgilanadi

Foydalanilmayotgan ob’yektlar uchun o‘n karragacha miqdorda soliq belgilanadi

Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018-yil 4-sentyabrdagi Prezident qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda quyidagi ta’sir choralari foydalanilmayotgan ob’yektlarning xususiy mulkdorlariga, yuridik shaxslar bilan bir qatorda jismoniy shaxslarga ham qo‘llaniladi:

  • soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazish;
  • mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra miqdorda to‘lash, 6 oydan so‘ng – besh karra, 12 oydan so‘ng va keyinchalik – o‘rnatilgan stavkaga nisbatan o‘n karra miqdorda to‘lashga o‘tkazish;
  • taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini to‘xtatish. Ilgari bu ta’sir choralari faqat yuridik shaxslarga ko‘llanilgan, jismoniy shaxslar esa nazarda tutilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 48 ming 150 bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan ob’yektlar mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring