Farg‘onada gilos pishdi
Farg‘ona viloyatining Quva tumani va Quvasoy shaharlarida gilos pishdi va uning eksporti boshlab yuborildi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining «Vodiy», «Marg‘ilon» va «Quvasoy» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida allaqachon Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga chiqarilayotgan gilos eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2020 yilda qiymati 30 mln. AQSh dollariga teng 13 ming 360 tonna gilos eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.
Gilos asosan Rossiya, Xitoy, Koreya, Litva, BAA, Polsha, Ukraina, Belgiya, shuningdek qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonga eksport qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter