Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Farg‘onaazot»ning 51 foiz aksiyasini sotish muddati uzaytirildi

«Farg‘onaazot»ning 51 foiz aksiyasini sotish muddati uzaytirildi

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda amalda bo‘lgan pandemiya sharoitida tashkilot tizimidagi «Farg‘onaazot» AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini investitsiya kiritish sharti bilan sotish muddati uzaytirilganligini ma’lum qiladi.

«Farg‘onaazot» AJ ustav kapitalining 51 foiz (48,05 foiz – davlat ulushi va 2,95 foiz «O‘zkimyosanoat» AJ ulushi) aksiya paketi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan sotiladi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan (2019 yil 30 sentyabr, №02/1-1328) «Farg‘onaazot» AJning ulushini sotish shartlariga, «Ernst&Young Advisory» MChJ investitsiya maslahatchisi ishtirokida salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo‘li bilan ulushni sotish ko‘zda tutilgan.

«Farg‘onaazot» AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini sotish muddati uzaytirilganligi munosabati bilan barcha xorijiy investorlarni o‘z sarmoyalarini yanada ko‘paytirishga va mamlakatimiz kimyo sanoati rivojiga o‘z xissasini qo‘shishga chorlab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam shuningdek «Dehqonobod kaliy zavodi»ning 51 foiz aksiyasini sotish muddati ham uzaytirilgani xabar qilingan edi.

Batafsil ma’lumot uchun qo‘yidagi manzillarga murojaat etishingiz mumkin:

«O‘zkimyosanoat» AJ
Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi 38.
Tel: +998(78) 140-74-02.
Veb-sayt: www.uzkimyosanoat.uz
elektron pochta manzili: [email protected]

Sotuvchining investitsion maslahatchisi: «Ernst & Young Advisory» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko‘chasi 75, «Inkonel» Biznes markazi.
Tel: +998(78) 140-64-10,
Veb-sayt: www.ey.com/uz/en/home
elektron pochta manzili: [email protected]

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi 6.
Tel: +998(71) 259-22-10, 259-22-02, 259-20-70,
Faks: +998(71) 239-47-84,
Veb-sayt: www.davaktiv.uz
elektron pochta manzili: [email protected]

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring