Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Erfolg und Entwicklung» — O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish LAUREA GERMANIA MChJ boshqaruvchisi janob Zyoren Krol nigohida

«Erfolg und Entwicklung» — O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish LAUREA GERMANIA MChJ boshqaruvchisi janob Zyoren Krol nigohida

LAUREA GERMANIA MChJ boshqaruvchisi janob Zyoren Krol

Zyoren Krol o‘zbek nashrlariga bergan intervyusida O‘zbekiston bilan hamkorlikning ahamiyati, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va investitsiya muhiti uchun qulay shart-sharoitlar haqida bir necha bor to‘xtalib o‘tgan edi.

So‘nggi o‘n yilliklarda har bir davlat xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Ba’zi hollarda kapital aylanmasi va iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida boshqa mamlakatlarga moliyaviy, iqtisodiy quyilmalarni faol integratsiyalash kuzatilmoqda. Bunday investitsiyalarni jalb qilgan davlatlar ma’lum sohalarni o‘zaro manfaatli sharoitlarda rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadilar. Zamonaviy bozor munosabatlari XX asrning birinchi yarmidagi davrlardan ancha farqlidir, dunyodagi ko‘plab xususiy va davlat korporatsiyalari tashqi bozor bilan tanishish chog‘ida jiddiy xavotirga duch kelishgan. Ayniqsa, beqarorlik va xalqaro biznes institutining etishmasligi fonida bu yaqqol kuzatilgan.

O‘zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar tufayli mamlakat jadal taraqqiy etmoqda. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun poydevor qo‘yilgan. Mamlakat bo‘ylab bir nechta erkin iqtisodiy zonalar ochildi va ularning umumiy soni yigirma bittaga ko‘paydi. Yangi ish joylarining paydo bo‘lishi tufayli ishsizlik darajasi sezilarli darajada pasaydi. Shuningdek, iste’mol savatchasida sezilarli o‘sish kuzatildi. Bu holat biznes va xorijiy investitsiyalar bilan bog‘liq emasdek tuyuladi. Biroq, iste’molchilar segmentining sifati va ulardan foydalanishning kengayishi nafaqat iqtisodiyot va yirik biznesning o‘sishiga, balki iste’molchilarga tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishishiga ham olib keldi. Bu, haqiqatan ham, O‘zbekistonning investitsiyalar uchun moliyaviy jozibadorligini tasdiqlaydi.

Biz bir necha yillardan buyon O‘zbekiston bozorida xizatlar taqdim etilayotgan hamda mahalliy fuqarolar uchun ish o‘rinlari yaratayotgan «LAUREA GERMANIA» MChJ boshqaruvchisi Zyoren Krol bilan biznesning o‘ziga xos xususiyatlari, bozor iqtisodiyoti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida suhbat qildik.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq inqiroz sharoitida ham O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda. Ushbu holatni qanday izohlaysiz?

— Birinchidan, mamlakatda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar tufayli. So‘nggi yillarda qator islohotlarning amalga oshirilishi nafaqat mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Buning uchun xorijiy investitsiyalar doirasidagi hamkorlik alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqchiman. Natijada nafaqat bozor iqtisodiyoti mexanizmlari asosida ishlaydigan yirik biznes, balki aholining to‘lov qobiliyatida muhim rol o‘ynaydigan kichik va o‘rta biznes ham sezilarli darajada oshadi.

O‘zbekiston uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning asosiy afzalliklari nimada?

— Bu savolga juda qisqa javob berish mumkin: «Erfolg und Entwicklung» (muvaffaqiyat va farovonlik). To‘liqroq qilib aytganda, u muhim afzalliklarni beradi. Sobiq Ittifoq mamlakatlariga nisbatan shubha bor edi. Endi mamlakatingiz jahon hamjamiyatidagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi va ko‘plab kompaniyalar bunday go‘zal va mehmondo‘st mamlakat bilan hamkorlik qilishdan juda manfaatdordirlar.

Yana bir muhim jihat — Daniya va Germaniyada ishlagan vaqtimda mamlakatingizning imkoniyatlari haqida bilmas edim va ochig‘ini aytganda, O‘zbekistonda nemis kompaniyalari va vakolatxonalari kam edi. Hozir Germaniya kompaniyalari O‘zbekiston bozorida faol hamkorlik qilib, iqtisodiyotingizga turli miqdorda sarmoyalar kiritmoqdalar.

Aytgancha, moliyaviy jozibadorlik haqida. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu borada O‘zbekiston eng ilg‘or mamlakatlardan biriga aylandi. Biznesni yuritish qulayligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdigan «Doing Business» reytingidagi o‘rni  sezilarli darajada yaxshilandi. Nufuzli Gallup biznes portalining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qonun va tartiblar indeksida birinchi o‘ntalikka (7-o‘rin) kirdi. Shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar Jahon banki tomonidan «Biznesga soliq yuki» reytingida ham keltirilgan. O‘zbekiston Polsha, Koreya Respublikasi va Hindiston kabi rivojlangan mamlakatlardan yuqori.

Bunday natijalarga qaramay, ishonch bilan ayta olamanki, O‘zbekiston bu borada yanada ulkan salohiyatga ega mamlakatdir. Va nihoyat, men o‘zbek xalqining samimiyligi va mehmondo‘stligi haqida alohida to‘xtalmoqchiman. Yashirmayman, bu meni juda hayratda qoldirdi va menimcha, bu davlatingizning o‘ziga xos «tashrif qog‘ozi». Bunday qulay sharoitda har doim eng iliq munosabatlar tug‘iladi.

Instagram:

@laureagermanialtd

@sorencroll

@faridzakirov

@akhaydarov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring