Davlat ulushi bor muassasalar yoppasiga sotuvga qo‘yilishi mumkin: bozorlardan tortib banklargacha, kompaniyalardan tortib gazetalargacha...
Prezidentning «Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari boshchiligida tuzilgan davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh etish bo‘yicha Ishchi guruhlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar tanqidiy tahlil etilganligi hamda iqtisodiyotda ular ulushini keskin qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Hujjat bilan davlat aksiya paketlari (ulushlari) xususiy sektorga to‘liq sotiladigan va davlat aksiya paketi (ulushi) to‘liq yoki qisman saqlanadigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ro‘yxatdan bozorlardan tortib banklargacha, yirik kompaniyalardan tortib turli tashkilotlargacha, turli markazlardan tortib davlat idoralari muassisligidagi ommaviy axborot vositalarigacha o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter