Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat tashqi qarz miqdori ma’lum qilindi

Davlat tashqi qarz miqdori ma’lum qilindi

Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasiga oid hisobotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-aprel holatiga davlat qarzi 23,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Shundan:

  • tashqi qarz - 21 mlrd dollar;
    ichki qarz – 2,2 mlrd dollar.

14,9 mlrd dollar qarz O‘zbekiston Respublikasi nomidan to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilingan.

Davlat tashqi qarzi YaIMga nisbatan 36,3 foizni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 73,6 mln dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,2 foizga kamaygan.

Ichki qarz YaIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 60,1 mln dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,1 foizga kamaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring