Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning tashqi qarzi 2025-yilda 39,4 mlrd dollarga yetishi prognoz qilindi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 2025-yilda 39,4 mlrd dollarga yetishi prognoz qilindi

Joriy yilda yangilangan hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat qarzi 39,7 mlrd AQSh dollari tashkil qilishi kutilmoqda.

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan navbatdagi «Fuqarolar uchun budjet» axborot nashrida ma’lum qilindi.

Nashrga ko‘ra, 2025-yilga kelib davlat qarzi 45,1 mlrd AQSh dollari yoki YaIMga nisbatan 36,7 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.

Bunda davlat qarzi dinamikasi yillar yakuniga ko‘ra:

  • 2023-yilda 34,9 mlrd AQSh dollari (YaIMga nisbatan 29,2 foiz);
  • 2024-yilda (kutilma) 39,7 mlrd AQSh dollari (YaIMga nisbatan 30,3 foiz);
  • 2025-yilda (prognoz) – 45,1 mlrd AQSh dollari (YaIMga nisbatan 32,1 foiz)ni tashkil qilishi kutilyapti.

Shuningdek, davlat tashqi qarzi 2024-yil yakunida 33,9 mlrd AQSh dollari (YaIMga nisbatan 30,3 foiz), dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025-yilda esa 39,4 mlrd AQSh dollari (YaIMga nisbatan 32,1 foiz) bo‘lishi kutilmoqda.

Bunda, davlat tashqi qarzini jalb qilish bo‘yicha yangidan imzolanadigan shartnomalar hajmi (yil yakunlari bo‘yicha) 2025-yilda 5,5 mlrd AQSh dollari (shundan 2,5 ilrd AQSh dollari investitsiya loyihalari uchun, 3 mlrd AQSh dollari budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun) miqdorida prognoz qilinyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring