Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chetdan olinayotgan davlat qarzi qayerga sarflanayotgani ma’lum bo‘ldi

Chetdan olinayotgan davlat qarzi qayerga sarflanayotgani ma’lum bo‘ldi

Moliya vazirligi Davlat qarzini boshqarish departamenti direktori Jasur Qarshiboyevning ma’lum qilishicha, joriy yilda davlatning jami qarzi 26,3 milliard dollarni tashkil etadi. Shundan 2,7 milliard dollari ichki qarz, 23,6 milliard dollari tashqi qarz hisoblanadi

Tashqi qarzning iqtisodiy tarmoqlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
 

  • 5,9 milliard dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga;
  •  3,1 milliard dollari elektr-energiya tarmog‘iga;
  •  2,9 milliard dollari energetika (neft-gaz);
  •  2,6 milliard dollari transport va transport infratuzilmasiga;
  •  2,4 milliard dollari qishloq va suv xo‘jaligiga;
  •  2,1 milliard dollari uy-joy va kommunal sohaga;
  •  1,2 milliard dollari tijorat banklariga;
  •  1,2 milliard dollari kimyo sanoatiga;
  •  0,7 milliard dollari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasiga;
  •  0,2 milliard dollari telekommunikatsiya tarmog‘iga;
  •  1,3 milliard dollari boshqa yo‘nalishlarga.

Davlat qarzi xavfsizligini ta’minlash borasidagi islohotlar natijasida uning yildan-yilga kamayishiga erishilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring