Chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkaziladi
Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora, ya’ni, bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Vaholanki, talab etiladigan barcha sertifikat va ruxsatnomalar to‘liq raqamlashgan, nazoratchi xodimlar hujjatlar bor-yo‘qligini tekshiradi, xolos.
Shu bois, chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi.
Bundan tashqari, ikki yil oldin tovarlarni bojxona rejimida qayta ishlash bo‘yicha yangi tartib joriy qilingan edi. O‘tgan davrda 254 ta korxona ushbu tizimda ishlashni boshlagani natijasida 1,1 milliard dollarlik eksport bo‘ldi.
Shundan 83 foizi Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tadbirkorlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Lekin, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmda bunday eksport 10 million dollarga ham yetmadi.
Ushbu hududlar rahbarlari bojxona rejimida qayta ishlash hisobidan 500 million dollardan eksportni ta’minlashi zarurligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter