Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Buxoro neftbazasi» xaridorlardan asossiz pul undirgani aniqlandi

«Buxoro neftbazasi» xaridorlardan asossiz pul undirgani aniqlandi

«Buxoro neftbazasi» MChJ tomonidan yuklab jo‘natish xarajati uchun xaridorlardan qo‘shimcha haq undirilganligi holatlari qayd etildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holatlar bo‘yicha boshqarma neft mahsulotlarini saqlash (quyish, to‘kish yuklab jo‘natish) bo‘yicha iste’molchilardan to‘lov undirganlik yoki hisoblangan holatlarni qayta ko‘rib chiqib, aniqlangan asossiz undirilgan (hisoblangan) to‘lovlarni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim qilishni so‘rab, «Buxoro neftbazasi» MChJga murojaat qilgan.

Rasmiy xat orqali «Buxoro neftbazasi» MChJ iste’molchilardan neft mahsulotlarini mas’ul saqlash bo‘yicha ortiqcha to‘lov undirilmaganligini, aksincha iste’molchilar bilan alohida shartnoma tuzgan holda yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar undirilganligini ma’lum qilgan.

Olingan ma’lumotlarni asosli ekanligini aniqlash maqsadida, boshqarmaga kelib tushgan murojaatlar hamda tegishli tashkilotlardan olingan so‘rov ma’lumotlar o‘rganilib, ish jarayonida quydagilar aniqlangan: «Buxoro neftbazasi» MChJ tomonidan 6 ta xaridorlardan neft mahsulotlarini yuklab jo‘natishda jami 62,1 mln.so‘mlik asossiz qo‘shimcha haq undirgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasida ko‘rsatilgan qonunbuzarlik sodir qilingan deb topilib, «Buxoro neftbazasi» MChJga nisbatan boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atildi va maxsus komissiya vakolat doirasida 07.09.2020 yilda ko‘rsatma berildi.

Ko‘rsatma talablariga muvofiq, «Buxoro neftbazasi» MChJ tomonidan neft mahsulotlarini yuklab jo‘natish bo‘yicha asossiz undirilgan 62,1 mln. so‘mlik to‘lovlar xaridorlarga o‘zaro qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring