Davlat sotib oladigan bug‘doy narxi 2 baravar oshiriladi
O‘zbekistonda 2022 yil 1 iyundan davlat tomonidan sotib olinadigan bug‘doy narxi ikki baravarga oshiriladi.
Davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bug‘doy narxi o‘tgan yildagi 1 million 550 ming so‘mdan joriy yil hosili uchun 3 million so‘mga, ya’ni 2 baravarga oshiriladi.
Misol uchun, avgust oyida 1 tonna g‘allaning birja narxi 3,5 million so‘m bo‘lsa, fermerga yana 500 ming so‘m to‘lab beriladi. Bu maqsadlarga joriy yilda davlatdan 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter