Bosh vazir Germaniyaga yuboriladi
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari marosimda so‘zlagan nutqida Germaniya tajribasini o‘zlashtirish haqida gapirib o‘tdi.
— Germaniya qanchadan-qancha og‘ir davrlarni boshidan o‘tkazgan, ammo har doim qiyinchiliklardan chiqib keta olgan. Nima uchun? Chunki u yerda bilim bor. Hamma narsa ilmiy asosga ega.
Shuning uchun ham yaqinda bosh vazirimizni va xodimlarini Germaniyaga yubormoqchiman. Ularning tajribasini yaxshi o‘zlashtirishimiz shart, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter