Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Quyonchilik xayolparastlar orzusi emas, balki real hayotimizda serdaromad sohadir» — «Mikrokreditbank» mas’uli

«Quyonchilik xayolparastlar orzusi emas, balki real hayotimizda serdaromad sohadir» — «Mikrokreditbank» mas’uli

Foto:«Xabar.uz»

«Mikrokreditbank» ATB tomonidan tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Atamurodov, Kredit faoliyatini tashkil qilish departamenti direktori o‘rinbosari G‘olibjon Sanoyev, Chakana kreditlash departamenti direktori Abdumajid Safarovlar bank faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berishdi.

Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish to‘g‘risida» 2015-yil 17-dekabrdagi 1-sonli majlis bayoniga muvofiq, Respublikada quyonchilikni rivojlantirishga «Mikrokreditbank» mas’ul etib biriktirilgan.

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yil davomida 235 ta quyonchilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar tashkil qilinib, quyonchilik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun jami 1 400 ta mijozlarga 130,8 mlrd.so‘m miqdorda kreditlar ajratilgani ma’lum qilindi.

«Mikrokreditbank» raisi birinchi o‘rinbosari To‘lqin Atamurodovning aytishicha, quyonchilik «Ajoyib xayolparast» filmidek xayolparastlar orzusi emas, balki real hayotimizda serdaromad sohadir.

Atamurodov o‘z fikrini asoslash  asnosida shunday dedi: «Bitta quyon o‘nta qo‘ydan yaxshi».

Anjuman yakunida ma’sullar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring